«shuhrat abdurahmonov» tegli maqolalar


Andijon viloyati hokimi mahalla uchun kutubxona qurib berishni buyurdi, uni 12 yoshli bola boshqaradi
23 dekabr 2023, 16:33

Andijon viloyati hokimi mahalla uchun kutubxona qurib berishni buyurdi, uni 12 yoshli bola boshqaradi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning yoshlar bilan uchrashuvida 12 yoshli bola kitoblar yetishmagani uchun “Yosh kitobxon” tanlovida yuta olmaganini, shu sabab mahallasiga kutubxona qurib berishni so‘radi. Hokim kutubxona bir oyda qurib berilishini, uni bolaning o‘zi boshqarishini aytdi.

Shuhrat Abdurahmonov suv ta’minoti xodimlariga 4 mln so‘mdan pul tarqatdi (video)
14 dekabr 2023, 12:23

Shuhrat Abdurahmonov suv ta’minoti xodimlariga 4 mln so‘mdan pul tarqatdi (video)

Andijon viloyati hokimi ko‘chada ishlayotgan ichimlik suvi ta’minoti xodimlariga 4 million so‘mdan pul berdi. Tarqatilgan pullar homiylik mablag‘lari hisobidan ekani ma’lum qilindi.

Andijon viloyatida 12 mln dollarlik yopiq muz kurorti qurilishi rejalashtirilmoqda
17 oktabr 2023, 10:54

Andijon viloyatida 12 mln dollarlik yopiq muz kurorti qurilishi rejalashtirilmoqda

Andijon viloyati hokimligi va xitoylik investorlar o‘rtasida Xonobodda 12 mln dollarlik yil davomida ishlaydigan yopiq muz kurortini qurish loyihasi muhokama qilindi.

Andijonda ham bolalarda Antistrumin dorisining “nojo‘ya ta’siri” qayd etildi
22 sentabr 2023, 22:26

Andijonda ham bolalarda Antistrumin dorisining “nojo‘ya ta’siri” qayd etildi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov “Antistrumin” dorisining “nojo‘ya ta’siri” kuzatilgan 12 nafar bola yotgan kasalxonaga bordi. Avvalroq Namangan viloyatida ham ushbu dorini iste’mol qilgan 70 dan ortiq bola shifoxonaga yotqizilgan edi.

Shuhrat Abdurahmonov “Andijon” futbolchilariga avtomobil va iPhone 14 sovg‘a qilishini bildirdi
22 avgust 2023, 14:58

Shuhrat Abdurahmonov “Andijon” futbolchilariga avtomobil va iPhone 14 sovg‘a qilishini bildirdi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Superliganing 17-turi doirasidagi “Andijon” — “Olimpik” (2:1) o‘yinidan keyin futbolchilar bilan uchrashdi. U gol muallifi Rubin Hebayga istalgan avtomashinasini tanlashini, qolgan futbolchilarga esa iPhone 14 smartfonlari berilishini va’da qildi.

Andijon hokimligi Shuhrat Abdurahmonovga tegishliligi aytilgan video bo‘yicha munosabat bildirdi
14 aprel 2023, 14:41

Andijon hokimligi Shuhrat Abdurahmonovga tegishliligi aytilgan video bo‘yicha munosabat bildirdi

Tarmoqlarda Shuhrat Abdurahmonovga tegishli deya taxmin qilinayotgan intim video tarqalgandi. Viloyat hokimligiga ko‘ra, video bo‘yicha prokuratura organlariga belgilangan tartibda shikoyat arizasi yuborilgan. Videoni tarqatgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan.

Shuhrat Abdurahmonov ish joyida ko‘rinish berdi (foto)
14 aprel 2023, 11:20

Shuhrat Abdurahmonov ish joyida ko‘rinish berdi (foto)

Shuhrat Abdurahmonov ishdan ketgani haqidagi xabarlar fonida Andijon viloyati hokimligi uni ish vaqtida olingan video va suratlarini e’lon qildi.

Andijonda ehtiyojmand oilalarga quyosh panellari topshiriladi
18 dekabr 2022, 10:56

Andijonda ehtiyojmand oilalarga quyosh panellari topshiriladi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov kam ta’minlangan oilalarga televizor yoki boshqa texnikalar sovg‘a qilish ularning elektr uchun xarajatlarini oshirayotgani, yordam so‘rayotganlarning aksariyati elektrdan qarzdorligini ma’lum qildi. U texnikalar o‘rniga quyosh panellari berishni taklif qildi.

Andijon hokimi quruvchilarni nogironlar aravachasiga o‘tirg‘izib ishining sifatini tekshirdi
30 noyabr 2022, 14:11

Andijon hokimi quruvchilarni nogironlar aravachasiga o‘tirg‘izib ishining sifatini tekshirdi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Yangi Andijon shahridagi qurilish ishlari bilan tanishish chog‘ida quruvchilarni nogironlar aravachasiga o‘tirg‘izib ishining sifatini tekshirdi. «Bitta nogironni hech qaysing uyingga olib kirolmaysan. Qilayotgan ishimiz bir tiyin bo‘lmaydimi?», — dedi Shuhrat Abdurahmonov.

Andijon hokimi qarorida qanday qilib vazirlarga topshiriq ketgani tushuntirildi
13 iyul 2022, 15:42

Andijon hokimi qarorida qanday qilib vazirlarga topshiriq ketgani tushuntirildi

Andijon viloyati hokimi prezident qarori bandlari ko‘chirilgan hujjatni imzoladi, buning oqibatida u bir qancha vazirlar va Toshkent shahar hokimiga topshiriq bergandek tasavvur uyg‘otdi. Viloyat adliya boshqarmasi bu qanday sodir bo‘lgani va hujjat nega huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaganini tushuntirdi.

Shuhrat Abdurahmonov o‘zini haqiqiy andijonlik deb bilganlarni har kuni Andijon polkasiga raqsga tushishga chaqirdi
26 aprel 2022, 14:29

Shuhrat Abdurahmonov o‘zini haqiqiy andijonlik deb bilganlarni har kuni Andijon polkasiga raqsga tushishga chaqirdi

Shuhrat Abdurahmonov viloyatda «Andijon polkasi» oyligini e’lon qilib, tashkilot va idoralar rahbarlari, o‘zini haqiqiy andijonlik deb bilgan barchani butun jamoasi, hamkasblari bilan har kuni Andijon polkasi raqsiga tushishga chaqirdi.

Andijon viloyatida o‘qituvchilar ota-onalardan kechirim so‘rashga majbur qilindi
9 fevral 2022, 07:57

Andijon viloyatida o‘qituvchilar ota-onalardan kechirim so‘rashga majbur qilindi

Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi maktablardan birining direktori va o‘qituvchilari ta’lim sifati hamda bitiruvchilarning OTMlarga kirish darajasi pastligi uchun ota-onalardan kechirim so‘rashga majbur qilindi. Bu ish hokim yordamchisi va tuman XTB rahbarining tashabbusi ekani aytilmoqda. XTV holatni keskin qoraladi. Jamoatchilik faollari hodisa uchun viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov javob berishi kerakligini aytishmoqda. Tuman va viloyat hokimligi ham munosabat bildirdi.

Andijon viloyati hokimligi hokimning qizining to‘yi haqidagi xabarlarga izoh berdi
1 iyul 2021, 19:02 1

Andijon viloyati hokimligi hokimning qizining to‘yi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Andijon viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan, go‘yo hokim Shuhrat Abdurahmonovning qizining to‘yida olinganligi tasvirlangan foto va video lavhalarga munosabat bildirdi. Hokimlikning so‘zlariga ko‘ra, chindan ham viloyat hokimi qizining to‘yi bo‘lgan, ammo tarmoqlarda tarqalgan aksariyat fotosuratlar hokimga aloqador emas.

«Hamma shunaqa bo‘lishi kerak» — Andijon hokimi prezidentga doim «muhtaram» deb murojaat qilishi haqida
27 mart 2021, 13:07

«Hamma shunaqa bo‘lishi kerak» — Andijon hokimi prezidentga doim «muhtaram» deb murojaat qilishi haqida

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov prezidentga nisbatan ko‘p marotaba «muhtaram» so‘zini ishlatishiga to‘xtalib o‘tdi. «Prezident yurtning otasi… faqat men emas, hamma shunaqa bo‘lishi kerak», deya ta’kidladi u.

«Audioyozuvlar montaj qilingan». Andijon viloyati hokimligi — Shuhrat Abdurahmonov audiosi haqida
23 noyabr 2020, 15:21

«Audioyozuvlar montaj qilingan». Andijon viloyati hokimligi — Shuhrat Abdurahmonov audiosi haqida

Andijon viloyati hokimligi Shuhrat Abduraxmonov audiosi bo‘yicha munosabat bildirib, ular «yozuvlar yillar davomida yig‘ilgani va montaj qilinganini bildirdi. Bu bo‘yicha dastlabki tekshiruv boshlangan.

Andijon viloyati hokimiga tegishli yana bir audioyozuv tarqaldi
15 noyabr 2020, 14:35

Andijon viloyati hokimiga tegishli yana bir audioyozuv tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning ovozi aks etgan yana bir audio tarqaldi. Unda hokim tadbirkorlarni «shakal» deb atadi.

Shuhrat Abdurahmonovga tegishli audio bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi
13 noyabr 2020, 17:40

Shuhrat Abdurahmonovga tegishli audio bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovga tegishli audio tarqaldi. Unda hokim Marhamat tumanida uch nafar ayolni «prezident vakiliga sassiq gapirgani» uchun qamab qo‘yganini aytadi. Bundan tashqari, jurnalistlarga qarata, — «Agar qitig‘imga tegsang, men qo‘yvoraman», — degan. Viloyat hokimligi matbuot xizmati ushbu audioyozuv ikki yil oldin yozilganligini aytmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting